Arne Slot: "Isak hali eng yaxshi formasiga kirmadi"

  • 24 sentabr, 15:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning yangi forvardi Aleksandr Isakning holati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Isak "Liverpul"ga eng yaxshi formasiga kelmadi. U hali o‘z formasini yaxshilashi kerak. U haqida terma jamoalar uchun navbatdagi tanaffusdan so‘ng klubga qaytganidan keyin xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Isak ko‘proq o‘yin vaqti oladi. Shundan so‘ng uning mavsumoldi tayyorgarligi yakunlanadi va ma’lum xulosalar chiqarish imkoniyati tug‘iladi." — dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Isak yozgi transfer oynasining asosiy syurprizlaridan biri bo‘lib, "Nyukasl"dan "Liverpul" safiga 145 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!