
Arsen Venger (kechagi penalti haqida): "Penalti darvoqe noto‘g‘ri qaror edi"
"Inter" – "Barselona" uchrashuvida taym oxirida milanliklar penalti ishlab oldi va umumiy 7:6 hisobida Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. Biroq, Arsen Vengerning fikricha, hakam Shimon Marchinyak tomonidan tayinlangan 11 metrlik zarba adolatsiz qaror bo‘lgan:
– Men bunday penaltilarga mutlaqo qarshiman. Shuningdek, sekinlashtirilgan takrorlardan foydalanishga ham.
Oddiy tempda bu ajoyib podkat. Kubarsi birinchi bo‘lib to‘pga etadi. Nega u Lautaroga tegdi? Qarang, Lautaro nima qilyapti. U tanasi bilan Kubarsiga suyanadi, penalti qidiradi. Chunki u gol ura olmasligini biladi – himoyachi yaqinida.
Hakam bu holatda noto‘g‘ri qaror qabul qildi. Men uchun eng muhimi – to‘pga kim birinchi etadi. Bu erda Kubarsi birinchi bo‘lgan. Qolgan hamma narsani Lautaro o‘zi qilgan. Kontakt bor yo yo‘qligi muhim emas – birinchi bo‘lib to‘pga kim etadi, shu muhim, – dedi "Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi beIN SPORTS efirida.
Fikrlar