Arsen Venger: "Arsenal" Mbappeni tekinga qo‘lga kiritishi mumkin edi
Frantsiyalik murabbiy Arsen Venger PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Arsenal”ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi.
“Mbappe "Arsenal"ga tekinga o‘tishi mumkin edi. U "Monako" bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qilayotganida men uning uyida edim. O‘ylaymanki, ko‘plab klublarda bu kabi hikoyalar etarli”, - dedi Venger.
Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Unga hozirda “Real” va “Liverpul” klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.

Fikrlar