
"Arsenal" 29 avgust kuni "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, "Arsenal" kecha Angliya kubogi finalida hamshahari "Chelsi"ni (2:1) mag‘lub etdi.
Endi “kanonirlar” 29 avgust kuni "Uembli" stadionida “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya Superkubogi uchun bahsda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 30 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, “Arsenal” esa 14-marta Angliya kubogiga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar