«Arsenal» Alvarresni qo‘lga kiritish rejasini ishlab chiqdi
«Arsenal» klubi «Atletiko» safida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Xulian Al’vares transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda. Ilgariroq futbolchining asosiy da’vogari sifatida «Barselona» tilga olinayotgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar hozircha «Atletiko» rahbariyati bilan kelishuvga erisha olmayapti. Madrid klubi Ispaniya chempionatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblaridan birini kuchaytirishni istamayapti. Shu bilan birga, ishonchli manbalarga ko‘ra, agar Angliya Premer-ligasi klublaridan munosib taklif tushsa, Al’varesni APLga sotish varianti ko‘rib chiqilmoqda.
«Arsenal» rejasiga ko‘ra, klub «Barselona» bilan muzokaralar samarasiz yakunlanishini kutadi va shundan so‘ng avgust oyida tezkor ravishda bitimni yopishni maqsad qilgan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hujumchiga «Arsenal»dan tashqari PSJ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar