“Arsenal” Artetaga hushxabar aytdi
“Arsenal” rahbariyati jamoani 22 yillik tanaffusdan keyin chempionga aylantirgan bosh murabbiyi Mikel Artetani yaxshilangan shartlar asosidagi yangi shartnoma bilan taqdirlashga qaror qildi.
Hozirgi vaqtda Artetaning bir yildan so‘ng muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan. Chunki Mikel e’tiborini mavsum yakuniga qaratishga qarargandi.
“Arsenal” muddatidan avval Premyer-Liga chempionligini qo‘lga kiritdi, ammo 30 may kuni “kanonirlar”ni PSJga qarshi Chempionlar Ligasi finali kutmoqda.
Shundan so‘ng 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis kelajagi bo‘yicha muzokaralar stoliga qaytishga tayyor bo‘ladi.
“Arsenal” ushbu mavsum qanday yakunlanishidan qat’i nazar, Arteta bilan baribir yangi shartnoma tuzmoqchi edi, biroq endi klub Mikelning yutuqlarini hisobga olishiga to‘g‘ri keladi.
The Guardian nashri xabariga ko‘ra, “Arsenal” Artetani dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylardan biriga aylantirmoqchi. Ayni damda Arteta yiliga 10 million funt ishlab topadi, yana 5 million funt esa Chempionlar Ligasiга yo‘llanma olgani uchun bonus sifatida beriladi.
Yangi shartnoma esa Mikelga Yevropa futbolida eng katta maosh olayotgan “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeonega yaqinlashtirishi aytilmoqda. Argentinalik mutaxassis Madrid klubidan har mavsum uchun 26 million yevro xizmat haqi olyapti.

Fikrlar