"Arsenal" asosiy himoyachisi 2027 yilgacha o'ynolmaydi

  • 16.07.2026 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» klubi va Frantsiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinda (0:2) og‘ir jarohat oldi va kamida 2027 yilgacha maydonga qaytolmaydi. 

Bu haqida L’Equipe nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Saliba Ispaniyaga qarshi bahsda bel sohasidan jiddiy jarohat olgan. Dastlabki tashxisga binoan, futbolchi to‘rt oydan olti oygacha o‘yinlardan chetda qoladi. 

Shifokorlar unga jarrohlik amaliyoti zarurligini aytmoqda, shundan so‘ng uni uzoq muddatli tiklanish jarayoni kutmoqda. 

Ta’kidlanishicha, jahon chempionati boshlanishidan oldinoq Vilyam kuchli og‘riqlardan shikoyat qilgan, biroq shunga qaramay maydonga tushishda davom etgan.

2025/2026 yildgi mavsumda Saliba «Arsenal» safida 63 ta ehtimoliy o‘yindan 50 tasida maydonga tushdi va jamoaning Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqishi hamda Chempionlar ligasi finaliga yetib borishida asosiy figuralardan biriga aylandi. Jahon chempionatida esa u Frantsiya terma jamoasi tarkibida oltita to‘liq bo‘lmagan uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!