"Arsenal" asosiy yulduzini sotib yuboradigan bo'ldi

  • 23.07.2026 12:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor yaqin vaqtlarda Londonning «Arsenal» jamoasini tark etishi mumkin.

Teamtalk nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» rahbariyati 27 yoshli skandinav futbolchisini sotish bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. 

Manbaga ko‘ra, londonliklar Edegorning ehtimoliy transferi orqali taxminan 90 million yevro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.

Edegor «Arsenal» safida 2021 yil yozidan beri to‘p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Martin London jamoasi tarkibida 36ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida bir bor gol urdi va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!