
“Arsenal” "Atalanta”dan Sakaga o‘rinbosar topdi
Londonning “Arsenal” klubi “Atalanta”ning bu mavsumdagi yulduzlaridan biri hisoblangan Retegini jarohat olgan Sakaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Xabaringiz bor, “to‘pchilar”ning angliyalik hujumchisi Saka bir necha kun oldin og‘ir jarohat olib, fevral oyigacha safdan chiqqan edi. Shu sababli, klub rahbarlari yangi forvard yoki vinger izlashni boshlashgan.
"Talksport" nashrining xabariga ko‘ra, bergamoliklar safida harakat qilayotgan Mateo eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Manbaning yozishicha, italiyalik hujumchi ham Londonga ko‘chib o‘tishni rad etmoqchi emas.
Retegi yozgi transferlar oynasida “Jenoa” klubidan 16 million evro evaziga “Atalanta” klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 35 million evro deb baholanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvard joriy mavsum 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.
Fikrlar