
“Arsenal” bir sabab tufayli Niko Uilyams transferidan voz kechdi
Kelasi mavsum ham Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashishni maqsad qilayotgan “Arsenal” tarkibini “Atletik” va Ispaniya terma jamoasi yulduzi Niko Uilyams yordamida kuchaytirishni mo‘ljallagan edi.
Jurnalist Xari Jeykobning ma’lum qilishicha, “kanonirlar” yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib, ispan futbolchisini olish rejasidan voz kechdi. Bunga asosiy sabab qilib, Niko Uilyamsning maosh talabi yuqori ekani ko‘rsatilmoqda.
Bundan tashqari, o‘yinchining o‘zi maqsadi agar “Atletik”dan ketsa, faqat “Barselona”ga o‘tish ekanini ochiq aytdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Niko Uilyams kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishganyu. Unga ko‘ra, hujumkor futbolchi “Barselona”dan haftasiga 350 ming evro miqdorida maosh oladi.
Ispaniya chempionlari Nikoni qo‘lga kiritish uchun o‘yinchining “Atletik” bilan shartnomasidan ko‘rsatilgan 58 million evro miqdoridagi badal pulini to‘lashi talab etiladi.
Fikrlar