“Arsenal” eng qimmatbaho darvozabonga kulgili narx taklif qildi

  • 10 iyun, 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik Kepa Arrisabalaga o‘z davrida eng qimmat transferga ega darvozabon sifatida rekord o‘rnatgan. 2018 yili “Chelsi” bu golkiperni qo‘lga kiritish uchun “Atletik Bilbao”ga 80 million evro to‘lagan.

Tecno

Kepa hozirga qadar “aristokratlar”ga tegishli. Biroq oxirgi ikki mavsumni avval “Real”da, keyin “Bornmut”da ijarada o‘tkazdi.  Londonliklar bu darvozabonga ishonmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan.

Endi Arrisabalagani “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “kanonirlar” rahbariyati “Chelsi” bilan bu transfer masalasida kelishuvga erishib bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” bu transferni besh million funtga hal qildi. Qizig‘i shundaki, 30 yoshli Kepa Arrisabalaga Mikel Arteta jamoasida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishga va ikkinchi posbon vazifasini bajarishga rozilik bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!