“Arsenal” futbolchisi: Ular menga yaxshi munosabatda bo‘lishmadi

CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Lukas Peres “kanonirlar” safini tark etishi lozimligini aytib o‘tdi.

Tecno

“O‘tgan mavsumda menga asosiy tarkibga kirishim uchun imkoniyat berishmadi. Men futbol o‘ynashni istayman. Ispaniya termasidan chaqiruv olishni istayman. Menimcha, men uchun eng yaxshi joy bu “Deportivo”dir.

“Arsenal” men bilan yaxshi munosabatda bo‘lmadi. Ular mendan so‘roqsiz, men to‘p suradigan raqamni Lyakazettga berib yuborishdi va bu eng so‘nggi “tomchi” edi”, – deb aytib o‘tdi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Peres o‘tgan mavsum avvalida “Deportivo”dan 20 mln evro evaziga sotib olingan edi. 28 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!