
"Arsenal" futbolchisiga A Seriya klubi qiziqmoqda
"Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin ning agenti Alberto Botines mijoziga A Seriya klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida gapirdi.
“Beleringa Italiya yoqadi va unga mahallik klublardan biri qiziqmoqda. Hozir u qaysi klub ekanligini ayta olmayman. Nima bo‘lishini ko‘ramiz”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi bu mavsum “kanonirlar” safida jami 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar