"Arsenal" himoyachisi jamoani tark etishi mumkin, da'vogarlar ma'lum
"Arsenal" markaziy himoyachisi Kristian Moskera yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik himoyachi "Atletiko Madrid" bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. Shu bilan birga, madriddliklar unga qiziqish bildirgan yagona klub emas.
Manbaga ko‘ra, Moskeraga "Benfika", "Napoli" va "Everton" ham da'vogarlik qilmoqda. "Arsenal" esa futbolchi bo‘yicha taxminan 50 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda Moskera barcha musobaqalarda 29 uchrashuvda qatnashdi va gol yoki assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ymadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar