"Arsenal" hujumchi transferidan voz kechdi

  • 23.01.2025 20:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovich Londonning "Arsenal" klubiga o‘tmaydi. Bu haqda "Football Transfers" xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli serbiyalik hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lgan, garchi "Yuventus" futbolchini sotish uchun narxni pasaytirgan bo‘lsa ham tomonlar kelisha olishmadi.

Qayd etilishicha, "Arsenal" Gabriel Jezusning tizza to‘qimalari uzilishi sababli jarohat olganidan keyin hujumchi izlashda davom etmoqda.

Joriy mavsumda Vlaxovich barcha musobaqalarda 25 o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!