"Arsenal" hujumchisini "Real"ga taklif qildi. Madridliklar esa...
"Real" 19 yoshli braziliyalik hujumchi Endrikni ijara asosida "Lion" jamoasiga yubordi. Futbolchi o‘yin amaliyoti to‘plash maqsadida Frantsiya klubi safida to‘p suradi.
"Defensa Central" nashrining xabariga ko‘ra, shu orqali madridliklar tarkibida bo‘shagan o‘rinni to‘ldirish uchun "Arsenal" "Real"ga Gabriel Jezusni ijaraga olish variantini taklif qilgan. Biroq "qirollik klubi" Endrik ketganidan keyin markaziy hujumchi pozitsiyasiga yangi futbolchi jalb qilishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, "Real"da Kilian Mbappeni zaxiradan qo‘llab-quvvatlay oladigan futbolchi bor. Bu — Gonsalo Garsiya. Shu sababli jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj sezmayapti.
Ma’lumot uchun, Gabriel Jezus yaqinda tizzadagi og‘ir jarohatdan keyin safga qaytgan. 28 yoshli braziliyalik hujumchi shundan beri to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar