"Arsenal" La Ligadan hujumchi sotib olmoqchi
"Vilyarreal" klubi hujumchisi Samuel Chukvueze mavsumlar oralig‘ida APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli nigeriyalik futbolchiga premer-liganing bir qancha klublari, asosan "Arsenal" jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tish lozimki “kanonirlar” Chukvuezeni 2017 yilda ham sotib olishga urunib ko‘rishgan edi.
Ma’lumot uchun, Chukvueze joriy mavsum "Vilyarreal" safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar