"Arsenal" muhim o‘yinlar oldidan ikki futbolchisini yo‘qotdi

  • 27 oktabr, 2023, 22:48
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal" futbolchilari Tomas Parti va Gabriel Jezus 2 yoki 3 haftaga safdan chiqdi. Ular mushaklaridan jarohat olgani aytilmoqda. 

Shu tariqa, ikki futbolchi "kanonirlar"ning APL doirasidagi "Sheffild", "Nyukasl" va katta ehtimol "Byornli"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, liga kubogidan o‘rin olgan "Vest Xem" va EChL 4-turidagi "Sevilya"ga qarshi bellashuvlarda ham "Arsenal" bu futbolchilarining xizmatidan foydalana olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Arteta shogirdlarining navbatdagi uchrashuvi APL 10-turi doirasida "Sheffild" bilan kechadi. Bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!