
"Arsenal" muhlislari "Liverpul"ni ko‘chirmachilikda ayblamoqda
Angliya Premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” 3:1 hisobida “Lester” ustidan g‘alaba qozondi.
Uchrashuv davomida mersesaydliklar burchak zarbasidan foydalanayotganda “Arsenal”ning kichik hiylasini qo‘lladi. O‘yinni tomosha qilayotgan muhlislar esa standart vaziyatlarda qandaydir tanish bo‘lgan bir narsani payqashdi. Shu sababli, to‘qnashuvdan so‘ng ushbu voqea “to‘pchilar”ning ashaddiy muhlislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilindi.
Arne Slot shogirdlari xuddi Arteta o‘yinchilari kabi burchak to‘plarida darvozabonning ortiga to‘planib olib, to‘p etkazib berilgandan so‘ng ichkariga kirib borishmoqda. Bu yo‘l esa raqib darvozabonining to‘pga egalik qilish foizini pasaytirib, himoyachilarning o‘z pozitsiyasini yo‘qotishga olib keladi.
Arteta boshchiligidagi "Arsenal" esa 2023 yildan buyon burchak zarbalari orqali 23 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan. Shunday bo‘lsa-da, Evropa Chempionlar Ligasi doirasida "Monako" klubi bu muammo bilan kurashishning yo‘lini topgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, garchi "Liverpul" futbolchilari "tulkilar"ga qarshi takrorlashgan bo‘lsada, "kanonirlar" kabi samarali foydalana olishmadi.
Fikrlar