"Arsenal" Obameyang o‘rniga "Real" hujumchisini olib kelmoqchi

  • 17.05.2020 09:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Real" forvardi Luka Yovichga qiziqib qoldi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi kutilayotgan Per-Emerik Obameyang o‘rniga aynan 22 yoshli serbiyalik futbolchini olib kelmoqchi. O‘z navbatida “qirollik klubi” ham Yovichni ketishiga qarshi emas.

“Real” Yovichni bundan bir yil muqaddam “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!