“Arsenal” o‘z tarixida “yangi sahifa” ochdi

Avval xabar berganimizdek kecha Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

E’tiborlisi, uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limning 33-daqiqasiga keliboq hal bo‘ldi. Bernardu Silva, David Silva va Leroy Sanelar tomonidan kiritilgan gollar yakunda “shaharliklar”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Qizig‘i shundaki, “kanonirlar” APLda ishtirok etayotgan vaqtidan boshlab to shu kungacha o‘z uy uchrashuvlarida biron marta ham dastlabki bo‘limda darvozasidan 3ta to‘p olib chiqishmagan. Bu esa “Arsenal” uchun o‘z tarixidagi yangi antirekord bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!