"Arsenal" o‘ziga Gretsiyadan himoyachi topdi

  • 16.07.2019 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi himoyachisi Pape Abu Sisse "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

90min nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli senegallik futbolchining transferi 12 million evroga baholanmoqda. Aytish lozimki, ayni damda Loran Kosielni va Shkodran Mustafi kabi markaziy himoyachilar “kanonirlar” safida ketishi kutilmoqda. Shu bois ular yangi himoyachi sotib olishga majbur.

Ma’lumot uchun, Abu Sisse “Olimpiakos” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u 37ta o‘yinda ishtirok etdi va 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!