
“Arsenal” O‘zilning o‘rniga xet-triklar ustasini oladi
“Arsenal”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan hisoblangan Mesut O‘zil qishda jamoani tark etishi kutilmoqda. “Kanonirlar” rahbariyati turk millatiga mansub germaniyalik pleymeyker o‘rniga “Lill”dan Yusuf Yazijini olmoqchi.
“Lill”ning turkiyalik legioneri Evropa Ligasining ikki uchrashuvida ikki marta xet-trik qayd etib, ko‘p klublar e’tiboriga tushdi.
“Arsenal” Yazijini yozda tarkibga qo‘shib olish uchun hozirdan kelishuvga erishmoqchi.Yusufning o‘zi ham kuchliroq klubga o‘tishga qarshi emas.
Fikrlar