“Arsenal” PSJ futbolchisini o‘ziga og‘dirib, bepul qo‘lga kiritmoqchi

  • 27.06.2026 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik  18 yoshli himoyachi Emmanuel Mbemba  faoliyatini Angliya Premier-ligasi klubida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

BBC Sport ma’lumotiga ko‘ra, istiqbolli futbolchiga Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“To‘pchilar” Emmanuel Mbembaga mehnat shartnomasini taklif qildi. Ular PSJ bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi o‘yinchini parijliklar bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka ko‘ndirishga harakat qilyapti.

Agar Mbemba londonliklarning taklifini qabul qilsa, erkin agent maqomida “Arsenal”ga bepul o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Mbemba 2024 yil yozidan buyon PSJ yoshlar jamoasida to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!