«Arsenal» qimmatbaho «Chelsi» yarimhimoyachisiga qiziqmoqda

  • 11.08.2026 11:59
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» yarim himoyachisi Pedru Netu bilan «Arsenal» jiddiy qiziqmoqda. London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Shu bois portugaliyalik futbolchi «kanonirlar» ko‘rib chiqayotgan asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda, deya xabar bermoqda Transfer News Live jurnalist Saymon Fillipsgа tayanib.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» 26 yoshli vingerni sotishga oshiqmayapti. Shu bilan birga, klub jiddiy takliflar kelib tushsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyor. Pedru Netuning o‘zi ham jamoani almashtirish ehtimolini inkor etmayapti.

 

Avvalroq Pedru Netu uchun kurashda «Manchester Siti», «Liverpul» va «Tottenxem» klublari ham da’vogar sifatida tilga olingan edi. Transfermarkt portali ma’lumoticha, «Vulverxempton»ning sobiq yetakchisi hozirgi vaqtda 60 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!