
“Arsenal” qishda futbolchi sotib olmaydi
Londonning “Arsenal” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transfer bozorida o‘zi uchun yangi futbolchi sotib olmaydi. Daily Telegraph nashrining xabariga ko‘ra “kanonirlar” ustozi Arsen Venger hozirgi takribni saqlab qolmoqchi.
Aytish kerakki, “Arsenal” uzoq muddatga safdan chiqqan Santi Kasorlaning o‘rniga ham futbolchi sotib olmaydi.
Avvalroq londonliklar qishda Sesk Fabregas ("Chelsi"), Dimitri Paye ("Vest Xem"), va Yulian Draksler ("Volfsburg") kabi futbolchilarni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar