"Arsenal" rekord darajadagi transferni amalga oshirmoqchi

  • 28 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Arsenal” hamshahari “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays uchun 100 million funt sterlingdan ko‘proq pul taklif qildi.

"Kanonirlar" 24 yoshli angliyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 105 million funt to‘lashga tayyor. "Arsenal"ning so‘nggi taklifiga 100 million funt sterling miqdoridagi asosiy to‘lov va yana 5 million funt sterling bonuslar kiradi.

Agar transfer amalga oshsa, eng qimmat britaniyalik futbolchilar orasida rekordga aylanadi.

Eng qimmat ingliz transferi hozircha Jek Grilishga tegishli bo‘lib turibdi. U “Aston Villa”dan “Manchester Siti”ga 100 million funtga ko‘chib o‘tgan.

Deklan Raysga "Manchester Siti" ham da’vogarlik qilmoqda, biroq "Vest Xem" “shaharliklar”ning 90 million funtlik taklifini rad etgani ma’lum.

Rays o‘tgan mavsumda APLda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!