
“Arsenal” rekord transferga qo‘l uradi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta anchadan beri jamoaga ko‘p gol ura oladigan to‘purar qidirayotgan edi.
“Kanonirlar” asosiy hujumchi sifatida Shvetsiya terma jamoasi va “Nyukasl” klubi hujumchisi Aleksander Isaakni olishga qaror qildi.
El Nacional nashrining yozishicha, londonliklar 25 yoshli forvard uchun “qarg‘alar”ga 120 million evro taklif qiladigan bo‘lgan. Agar bu transfer amalga oshsa, “Arsenal” tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ladi. Avvalgi rekord Deklan Raysga tegishli bo‘lib, “to‘pchilar” uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Vest Xem”ga 116,6 million evro xarajat qilgan.
Fikrlar