"Arsenal" Saka bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi
Bukayo Saka va "Arsenal» shaxsiy kelishuvga erishdi.
Jurnalist Fabris Xokinsning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi 2030 yilgacha amal qiladigan yangi shartnomani qabul qildi. 24 yoshli vingerning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha edi.
Ma’lum qilinishicha, London klubi Saka bilan shartnomani Vilyam Saliba bilan kelishuv uzaytirilgandan so‘ng imzolaydi.
Shu mavsumda Bukayo APLda 9 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 ta gol kiritdi.

Fikrlar