
"Arsenal" Silvani qo‘lga kiritish uchun Luizdan foydalanmoqchi
"Arsenal" PSJ va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tyago Silva transferini amalga oshirish uchun David Luizdan foydalanmoqchi.
Oldinroq, Silva parijliklar tarkibini erkin agent sifatida tark etayotgani xabar qilingan edi.
35 yoshli futbolchi xizmatlariga londonliklardan tashqari "Everton" va "Fiorentina" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta Silva bilan aloqaga chiqib ulgurdi va u Luiz sobiq jamoadoshini Londonga olib kelishida ko‘mak berishiga umid qilmoqda.
Oldinroq, Silva Angliya Premer-ligasida to‘p surish uchun kamroq maosh olishga ham roziligi xabar qilingan edi.
Himoyachi PSJda o‘tkazgan sakkiz mavsumli faoliyati davomida etti karra Frantsiya chempioni, to‘rt marotaba Frantsiya kubogi va besh marta liga kubogi sovrindori bo‘ldi.
Fikrlar