“Arsenal” uch futbolchini sotuvga qo‘yadi

  • 21 avgust, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yozgi transferlar vaqtida hozircha o‘z safiga uch nafar futbolchini qo‘shib oldi. “Kanonirlar” Ben Uayt, Nunu Tavaresh va Alber Sambi Lokonga uchun 80 million evro miqdorida mablag‘ sarfladi.

Tecno

Ayni paytda londonliklar Aaron Ramsdeyl va Martin Edegor transferini yakunlashga harakat qilmoqda.

Klub xo‘jayinlari bu transferlarga ketgan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun uch nafar futbolchini sotib yuborishga qaror qildi.

“To‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Villian, Ektor Belerin va Lukas Torreyradan voz kechishga tayyorligini bildirgan va mutasaddilari ularga yangi jamoa topib berish ustida ish boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!