“Arsenal” yulduzining jarohati kutilganidan jiddiy chiqdi

  • 25.03.2026 17:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eberechi Eze bir necha haftaga safdan chiqqani aytilmoqda, bunga boldir mushaklaridagi jarohat sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Sky Sports News. 

Eze o‘tgan haftada UEFA Chempionlar Ligasi doirasidаgi  “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsda jarohat olganidan so‘ng, Angliya Liga kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmadi.

Hujumkor yarim himoyachi Angliya milliy terma jamoasi safidan ham chiqib ketdi. U yana qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Tiklanish muddati 4-6 haftani talab qilishi mumkin. 

Agar taxmin qilingan muddat to‘g‘ri chiqsa, Eze ichki chempionat uchrashuvlaridan tashqari, Angliya Kubogi va YEChL doirasidagi umumiy 5 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu o‘yinlar orasida APLda “Shaharliklar”ga qarshi muhim uchrashuv ham bor.

Xolmurotov Mirzabek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!