
"Arsenal"da ishsiz qolgan futbolchi Runining sobiq jamoasiga o‘tadi
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Ingliz matbuotiga ko‘ra, futbolchiga "Di Si Yunayted" klubi qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaraga kirishgani yo‘q, biroq amerikaliklar germaniyalik futbolchiga tegishli bo‘lgan M10 va 39 Steps Coffee brendlari targ‘iboti bo‘yicha yordam bermoqchi.
32 yoshli O‘zil joriy mavsumda "Arsenal" safida maydonga tushgani yo‘q. Uning "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi.
"Di Si Yunayted" klubi safida 2018/2020 yillar davomida Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi to‘p surgan.
Fikrlar