
"Arsenal"ning sardorlik bog‘ichi nega Zinchenkoga berilganini bilasizmi?
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenko qanday qilib jamoa sardoriga aylangani haqida gapirdi.
Zinchenko Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanganiga bir yil to‘lgani bilan bog‘liq sabab Ukraina bayrog‘i rangidagi sardorlik bog‘ichini oldi.
Ispaniyalik murabbiyning fikricha, bu futbolchilarning tashabbusi bo‘lgan.
"Martin Edegor uchrashuv arafasida menga murojaat qilib, barcha futbolchilar Zinchenkoga shu vakolatni berishni xohlashlarini aytdi. Biz Ukrainaga Aleks biz uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqchi edik”, — dedi Arteta.
Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" kecha APLning 25-turi doirasida safarda "Lester"ni 1:0 hisobida engdi.
Fikrlar