“Arsenal”ning supertalant bo‘yicha taklifi rad etildi
Angliyaning «Lester» klubi «Arsenal»ning iqtidorli yosh futbolchi Jeremi Mongani sotib olish bo‘yicha taklifini rad etdi.
The Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» 16 yoshli Monga uchun dastlab 5 million funt sterling hamda futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 10 foizini taklif qilgan. Ammo bu taklif «Lester»ning kutgan darajasiga hatto yaqin ham emas.
«Lester» o‘z navbatida Monga uchun 10 million funt sterling va keyingi sotuvdan 15 foiz ulush talab qilmoqda.
Kutilishicha, ikki klub muzokaralarni davom ettiradi. Futbolchining o‘zi esa boshqa barcha variantlardan ko‘ra «Arsenal»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Shu bois tomonlar o‘zaro kelishuvga erishish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Agar ikki klub murosaga kela olmasa ham, Monga baribir «Arsenal»ga o‘tishi mumkin. Bunday holatda kompensatsiya miqdorini maxsus tribunal belgilaydi.

Fikrlar