
Arshavin Fayzullaevning o‘yini chiqamayotganini bosh murabbiy bilan bog‘ladi
Rossiya terma jamoasining sobiq sardori, hozirda futbol mutaxassisi Andrey Arshavin TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich jamoaning hozirgi taktikasini yarim himoyachi Miralem Pyanich qo‘l ostida tanlagani haqida fikr bildirdi:
"TsSKAda Pyanichdan "vau-effekt" kutmagandim. Baribir, unga qarshi taktika qo‘llashgani haqidagi fikrimda qolaman. Uning oldida Oblyakov yo‘qoldi, ko‘rinishi yomonlashdi. Fayzullaev butunlay g‘oyib bo‘ldi. Shunday qilib, plyus bir va minus ikki hosil bo‘ldi. Agar Pyanich ketsa, bu TsSKA uchun muammo bo‘lmaydi" - dedi Arshavin "Chempionat" muxbiri Aleksandr Ershov bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, 29 ta o‘yin natijasiga ko‘ra TsSKA RPL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Moskva klubi hisobida 56 ochko mavjud. So‘nggi uchrashuvda esa hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.
Fikrlar