Arteta "Arsenal"ga Italiyadan zo‘r futbolchi topib qo‘ydi

  • 18 oktabr, 2024, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atlanta" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta 23 yoshli futbolchining iqtidoriga ishonmoqda. Ta’kidlash kerakki, Sharl de Ketelarega "Arsenal"dan tashqari Premer-liganing yana bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Belgiyalik futbolchining transfer narxi 34 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. Sharl de Ketelare joriy mavsum "Atalanta" tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!