Arteta "Liverpul" hujumchisini jamoaga olib kelmoqchi

  • 16 mart, 16:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini Angliya premer-ligasining boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "deadlinedaylive" xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urugvaylik markaziy hujumchini Londonning "Arsenal" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi Darvinni qo‘lga kiritishni talab qilmoqda.

Nunesning transfer narxi 65 million evroga baholanmoqda. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘lajallangan.

Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 23 ta bahsda maydonga tushdi. Nunes o‘z hisobiga beshta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!