Arteta “Liverpul”ga tan berdi

  • 14 sentabr, 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashda “Liverpul”ning imkoniyatlari yuqoriligini tan oldi va buni Arne Slot jamoasi tarkibining kuchli ekani bilan izohladi.

Tecno

Ma’lumki, “Liverpul” yozgi transferlar davrida yangi ijrochilar uchun 400 million funtdan ziyod mablag‘ sarfladi. Flrian Virts va Aleksandr Isaakning Liverpulga kelishi Angliya futboli tarixida eng qimmat ikkita transfer sifatida qayd etildi.

- “Liverpul” juda kuchli tarkibga ega. Ular Evropa transfer bozoridagi eng muhim ikki o‘yinchini sotib oldi. Mersisaydliklar bu borada juda zo‘r ishladi.

Garchi “Liverpul” ligada eng kuchli tarkibga ega bo‘lsa-da, biz birinchi navbatda o‘zimiz haqimizda, qanday qilib ularni ortda qoldirishimiz va nimalar qilishimiz kerakligi bo‘yicha bosh qotirshimiz lozim, - dedi Mikel Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!