"Arteta qo‘l ostidagi "Arsenal"ning o‘yini juda zerikarli"
Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi, Frantsiya terma jamoasi tarkibida 1998 yilgi jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Emmanuel Peti hozirgi klub o‘yinlarini tomosha qilishdan zavq olmayapti.
Klubning amaldagi bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta joriy etayotgan futbol uslubi unga zerikarli tuyulmoqda.
- Men uch yil avvalgi futbolni ko‘rishni istardim. O‘shanda aynan Arteta ajoyib, hujumkor o‘yin namoyish etardi. To‘pni hujumchiga tezroq etkazishga intilishardi. Hozir ular to‘pni xuddi stol tennisidagidek uzatishmoqda. Bu juda zerikarli bo‘lib qoldi, - dedi Peti.
Eslatib o‘tamiz, Peti 1997-2000 yillarda "Arsenal" jamoasi safida to‘p tepgan.

Fikrlar