
Arteta Venger bilan birga murabbiylik qilishni xohlayapti
“Arsenal“ bosh murabbiyi Mikel Arteta sobiq bosh murabbiy Arsen Venger haqida fikr bildirdi. U frantsiyalik ustozini yana jamoaga qaytarishni istamoqda.
“Arsen bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Uni qattiq hurmat qilaman.
Venger hozir klubdan ancha uzoqlashib ketgan. Men uni “Arsenal“ga yordam berishini xohlayman.
Bilaman, u bu ishlardan ancha charchagan. Biroq agar u biz bilan bir joyda ish olib borsa, bu jamoamiz uchun katta yordam bo‘lardi“, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar