
Artur Beterbievning navbatdagi jangi nega qoldirildi?
23 oktyabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida yarim og‘ir vazn toifasining (79 kg) WBC va IBF yo‘nalishi chempioni Artur Beterbiev (15-0, 15 KO) germaniyalik Adam Daynesga (19-1-1, 10 KO) qarshi himoya jangida ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq bu jang qoldirildi. Sababi, mashg‘ulotlar chog‘ida rossiyalik charmqo‘lqop ustasi qovurg‘asidan jiddiy jarohat olgan. Hozircha jang qaysi muddatda o‘tkazilishi ma’lum emas.
Beterbiev so‘nggi jangini 2019 yil 18 oktyabrda ukrainalik Oleksandr Gvozdikka qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgan va WBC kamarini ham qo‘lga kiritgan edi.
Professional boks olamidagi super janglar anonsi bilan tanishing!
Fikrlar