Artyom Petrosyan: "Hozirda yuklamalarning yuqori bosqichidamiz"

  • 03.02.2025 12:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon”ning “Boras Banya-Luka” (Bosniya)ga qarshi uchrashuvidan keyin "Burgutlar" murabbiyi Artyom Petrosyan bellashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Artyom Aramaisovich, o‘yin haqida nima deya olasiz?

- Juda mos raqib bilan o‘ynadik. Raqib jamoa Konferentsiya Ligasida o‘ynab guruhdan chiqqan va o‘z chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Qo‘shimchasiga biz tayyorgarlikning turli bosqichidamiz. Hozirda yuklamalarning yuqori bosqichidamiz. Raqibimiz esa yig‘inini tugallash bosqichida edi. Sababi Konferentsiya Ligasi pley-off bosqichida o‘ynaydi. Shu nuqtai nazarda olib qaraganda, yomon o‘ynamadik. Etarlicha vaziyatlar yarata oldik. Afsuski, gol kirita olmadik. O‘tgan o‘yinga nisbatan olsak, tarkibda rotatsiyalar qilib boryapmiz. Doim bir xil tarkib bilan o‘ynamayapmiz. Optimal tarkibni tuzishga harakat qilyapmiz. Bunday davrda o‘yinlar bir maromda o‘tmaydi. Albatta, yigitlarda individual harakatlar borligi xursand qilmoqda. O‘yindan-o‘yinga qo‘shib borishmoqda. Shunday ishlashda davom etamiz.

- Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilarning moslashuv jarayoni borasida fikringiz qanday?

- Hammaga ham qandaydir vaqt kerak bo‘ladi. Har qanday chet davlatdan o‘zga chempionatga kelgan futbolchida moslashuv uchun agar jamoaga eski jamoadoshi yoki yaqin do‘sti bo‘lsa, bularni moslashishi oson bo‘ladi. O‘yindan-o‘yinga moslashib, bir-birini tushunib borishmoqda. Ular qanday raqiblar yonida turganini his qilib kelishmoqda. Umumiy olganda, hammasidan qoniqyapmiz.

- Birinchi va ikkinchi bo‘limdagi o‘yin yuzasidan qarashlaringiz qanday?

- Bizda birinchi yoki ikkinchi tarkib degan narsa yo‘q. Bu yig‘indagi uchinchi o‘yinimiz bo‘lsa, hammasi teng yuklamada ishlashmoqda. Bugun 30 daqiqa harakat qilganlar “Vorskla” bilan uchrashuvda 60 daqiqa harakat qilishgan. Barchaga bir maromda yuklama berib boryapmiz. O‘yin jarayonini tushunib borishlari yaxshilanyapti. Ikkala tarkib ham bir xil harakatlanishdi. Har ikki taymda ham bir qator vaziyatlar yarata olishdi. Har ikkisida ham bir xil  balansda o‘ynashmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!