Asadbek Mamajonov Qozog‘istonda jang qiladi!
21 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu oqshomda bir qator o‘zbekistonlik bokschilar ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Jumladan, hamyurtimiz Bahrom Payazov markaziy jangda qozog‘istonlik Dauren Eleussinovga qarshi ringga ko‘tarilsa, birinchi yarim engil vazn (55,3 kg) toifasida Feruz Yuldashev shogirdi, "Axmat" klubi a’zosi Asadbek Mamajonov ham yana bir qozog‘istonlik Joldas Jengisov bilan jang qiladi. Ma’lum bo‘lishicha ushbu boks kechasi DAZN platformasi tomonidan translyatsiya qilinadi.
Ma’lumot uchun, Asadbek Mamajonov professional faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Uning raqibi Jengisovning professional ko‘rsatkichi 5 ta jang va 5 ta g‘alabadan iborat.

Fikrlar