
Asadbek Qahhorov "Octagon 50" turnirida jang qiladi
23 sentyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida "Octagon 50" turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasida Ahliddin Mirzadavlatov jang qilishi haqida xabar bergan edik. "Fayt-kard"dan yana bir o‘zbekistonlik jangchi o‘rin oldi. Ya’ni, yurtdoshimiz Asadbek Qahhorov ham jang qiladi. U Qirg‘iziston vakili Aziz Usmonov bilan bahs yuritadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Qahhorovning rekordi 4-2 bo‘lsa, Usmonovning ko‘rsatkichi 3-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar