
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -65 kg vazn toifasida jahon chempioni!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi.
-65 kg da hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev braziliyalik Yuri Reisga qarshi ringga ko‘tarildi. Shiddatli va murosasiz o‘tgan bahsda Mo‘ydinxo‘jaev 1-raundda ochkolar bo‘yicha ortda qoldi, biroq keyingi 2 raundda yurtdoshimiz ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirib, jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Javohir Ummataliev va Yojerlen Sezar (Frantsiya) jangi kutmoqda.
Fikrlar