Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev qiyin kechgan jangda kubalik bokschini mag‘lub etdi

  • 10 may, 2023, 19:40
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -67 kg vazn toifasida kubalik Roniel Iglesiasga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 19:35dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.

Ilk raundda Roniel Iglesiasning qo‘li baland keldi - 4:1.

Ikkinchi raund Asadxo‘janing foydasiga - 2:3.

Uchinchi raundda ham vakilimiz ustunlikka erishdi - 0:5. Yakuniy hisob 3:4 Asadxo‘janing foydasiga. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev yarim finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!