Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev super kambek amalga oshirdi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
-67 kg vaznda hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va moldovalik Alexandru Paraschiv qarama-qarshiligi yakunlandi.
Mo‘ydinxo‘jaev 1-raundda nokdaun holatiga tushib qolganiga qaramay, keyingi raundlarda raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.
Eslatib o‘tamiz, yana bir yurtdoshimiz Arman Maxanov va armanistonlik Davit Chaloyan jangi kutyapti.



Fikrlar