Asensio: "Mourin'yo bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman"
"Real" himoyachisi Raul Asensio jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ishlashni intiqilik bilan kutayotganini ma'lum qildi.
Ispaniyalik futbolchi portugalik mutaxassisning madriddliklar safiga qaytishi jamoa uchun katta voqea ekanini ta'kidladi.
"Hozir Mourinyoning yangi loyihasi boshlanmoqda va bu juda hayajonli. Men ishni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman.
2010 yilda men hali kichik edim, ammo uning jamoani qanday o'zgartirganini ko'rganman. U klubga raqobatbardoshlik, ishtiyoq va matonat olib kirgandi.
Menimcha, aynan shu sifatlar mening futbolchi sifatidagi xususiyatlarimni ham ifodalaydi. Shuning uchun u bilan ishlashni juda istayman", — dedi Asensio.
Shuningdek, himoyachi Mourinyo boshchiligida "Real" so'nggi ikki mavsumda La Ligada chempion bo'lgan "Barselona"dan ustun kelib, chempionlikni qaytarib olishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.
"Albatta. U bu borada rekord o'rnatgan. Endi biz ham shuni takrorlashga harakat qilamiz", — deya qo'shimcha qildi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyo avval ham 2010–2013 yillar oralig'ida "Real"ni boshqargan va klub bilan La Liga, Ispaniya Kubogi hamda Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.

Fikrlar