
Asensio uchun ikki hamshahar kurash olib boryapti
"Real" Madrid yarim himoyachisi Marko Asensio mavsum so‘nggida jamoasini o‘zgartirishi kutilyapti. Ma’lum bo‘lishicha, “Arsenal” va “Tottenxem” klublari 26 yoshli xavbek uchun kurash olib bormoqda.
Vingerning “Real” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va hali muzokoralar bo‘lgani yo‘q. Bundan London jamoalari foydalanib qolmoqchi va uni erkin agent sifatada qo‘lga kiritishni xohlashmoqda.
Marko o‘yin amaliyoti kamligidan norozi. Karlo Anchelotti ushbu mavsum uni barcha chempionatlarda 63 daqiqa o‘ynatdi.
Fikrlar